Maxfiylik siyosati

 

ESTIY SpeakEng ilovasini Tijoriy ilova sifatida yaratdi. Bu xizmat ESTIY tomonidan taqdim qilinadi va mavjud holatida foydalanish uchun mo’ljallangan.

Ushbu sahifaning vazifasi unga tashrif buyurgan shaxslarni ilovamizdan foydalanishga qaror qilgan mijozlar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, ulardan foydalanish va ularni tarqatish bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalarimiz haqida xabardor qilishdan iborat.

Agar siz bizning xizmatimizdan foydalanishga qaror qilsangiz, o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu qonun qoidalarga muvofiq tarzda to’planishi va ishlatilishiga rozi bo’lgan hisoblanasiz. Biz to’playdigan shaxsiy ma’lumotlar xizmatimizni taqdim etish va uni yaxshilab borish maqsadida qo’llaniladi. Biz Maxfiylik Siyosatida ko’rsatilgan qonun-qoidalar doirasidan tashqarida sizning shaxsiy ma’lumotlarinigizni ishlatmaymiz yoki boshqalarga tarqatmaymiz.

Maxfiylik siyosatida qo’llanilgan shartlar bizning asosiy shartlarimizda ko’rsatilgan shartlar bilan bir xil ma’noga ega. Siz bu shartlar bilan, mumkin bo’lgan hollarda, SpeakEng ilovasi orqali tanishishingiz mumkin.

Ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanish

Bizning xizmatimizdan foydalanish jarayonini yanada yaxshilash maqsadida biz sizdan o’zingiz haqingizdagi shaxsingizni tasdiqlovchi muayyan ma’lumotlarni talab qilishimiz mumkin. Bu ma’lumotlar SpeakEng til o’rganish ilovasining o’zi bilangina cheklanmasligi mumkin. Biz talab qilgan ma’lumotlar biz tomonimizdan saqlanadi va Maxfiylik siyosatida ko’rsatilgan tartibda qo’llaniladi.

Ilova sizning shaxsingizni aniqlash uchun sizdan shaxsiy ma’lumot talab qilishi mumkin bo’lgan uchinchi taraf xizmatlarini o’z ichiga oladi.

Ilova tomonidan xizmatlaridan goydalaniladigan uchinchi taraflarning maxfiylik siyosatlariga linklar:

 

Google Play Services

AdMob

Google Analytics for Firebase

Firebase Crashlytics

Facebook

Clicky

Flurry Analytics

Unity

GameAnalytics

Jurnal Ma’lumotlari

Biz sizga shuni ma’lum qilamiz-ki, qachonki siz bizning xizmatimizdan foydalansangiz, ilovada xatolik ro’y berganda, biz sizning telefoningizdan (uchinchi taraf mahsulotlari vositasida) Jurnal Ma’lumotlari degan ma’lumotni olamiz. Bu Jurnal Ma’lumotlari deb nomlanuvchi ma’lumotga sizning mobil uskunangizning Internet Protokollari (IP), manzil, uskunaning nomi, operatsion tizimning versiyasi, bizning xizmatdan foydalanish davridagi ilovaning konfiguratsiyasi, xizmatdan foydalanish vaqti va sanasi va boshqa turdagi statistikalar kabi ma’lumotlar kirishi mumkin.

Cookie fayllar

Cookie fayllar kichik hajmdagi ma’lumotlarni o’zida saqlovchi fayllardir va ular odatda foydalanuvchi shaxsning anonim ko’rsatkichi vazigasini bajaradi. Bu fayllar siz kirgan veb-sahifadan sizning internet brauzeringizga jo’natiladi va uskunangizning ichki xotirasida saqlanadi.

Bu xizmat cookie fayllardan keng foydalanmaydi. Biroq, ilova uchinchi taraflarning kodlari va kod kutubxonalaridan foydalanishi mumkin. O’sha kodlar yoki kod kutubxonalarida o’z xizmatlarini yaxshilash maqsadida ma’lumot to’plashga xizmat qiluvchi cookie fayllar bo’lishi mumkin.

Siz cookie-fayllarni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz mumkin. Sizga cookie-fayllarning jo’natilayotgani har doim sizga ma’lum qilinadi. Agar siz cookie-fayllarni rad etishni tanlasangiz, xizmatning muayyan bo’limlaridan foydalana olmasligingiz mumkin.

Xizmat ta’minotchilari

Biz uchinchi taraf kompaniyalar yoki shaxlarni quyidagi sabablarga binoan ishga jalb qilishimiz mumkin:

Xizmatlarimizni osonlashtirish uchun;

Bizning nomimizdan xizmatni taqdim qilishlari uchun;

Xizmatlarimizga oid xizmatlarni taqdim qilishlari uchun;

Bizning xizmatlarimiz qay tarzda ishlatilayotganini tahlil qilishda yordam berishlari uchun.

Biz mazkur xizmatdan foydalanuvchilarga shuni ma’lum qilamiz-ki, bu uchinchi tomonlarda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish imkoniyati mavjud. Buning sababi ularga yuklatilgan va bizning nomimizdan bajarishlari kerak bo’lgan topshiriqlarni amalga oshirishdan iboratdir. Biroq, ular bu ma’lumotlarni tarqatishlari va o’z vazifalari doirasidan tashqarida ishlatishlari aslo mumkin emas.

Xavfsizlik

Sizning bizga o’z haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni taqdim qilish orqali bildirgan ishonchingizni qadrlaymiz va shuning uchun biz bu ma’lumotlarni tijoriy nuqtai nazardan maqbul bo’lgan usullar orqali himoya qilishga intilamiz. Shunga qaramasdan, esda tuting-ki, internet orqali axborot almashinish usullari va elektron shaklda ma’lumotlarni saqlashni 100% xavfsiz va ishonchli deb bo’lmaydi va biz mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaymiz.

 

Boshqa saytlarga linklar

Bu xizmatda boshqa saytlarga linklar bo’lishi mumkin. Agar siz uchinchi tarafning linkini chertsangiz, o’sha saytga yo’naltirilasiz. Shuni biling-ki, ushbu tashqi saytlar biz tomonimizdan boshqarilmaydi. Shuning uchun biz sizga o’sha saytlarning maxfiylik siyosati bilan batafsil tanishib chiqishni qat’iy tavsiya qilamiz. Biz hech qanday uchinchi taraf veb sahifasidagi mazmun, maxfiylik siyosati yoki har qanday boshqa amaliyortlarni nazorat qilmaymiz va ular uchun javobgarlikni zimmamizga olmaymiz.

Bolalarga oid maxfiylik

Bu xizmatlar 13 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallanmagan. Biz bilgan holda 13 yoshdan kichik shaxslar haqida shaxsiy ma’lumotlarni to’plamaymiz. Agar biz 13 yoshdan kichik shaxs ilova orqali o’zi haqidagi shaxsiy ma’lumotni taqdim qilganini aniqlasak, o’sha ma’lumotni serverlarimizdan o’chirib tashlaymiz. Agar siz ota-ona, yoki vasiy bo’lsangiz va 13 yoshdan kichik farzandingiz o’zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etganini aniqlasangiz, iltimos, biz bilan bog’laning va biz kerakli choralarni ko’ramiz.

Ushbu Maxfiylik Siyosatiga oid O’zgarishlar

Biz vaqti vaqti bilan maxfiylik siyosatimizni yangilab turishimiz mumkin. Shunday ekan, biz sizga vaqti-vaqti bilan ushbu sahifaga tashrif buyurib, ro’y bergan o’zgarishlar bilan tanishib borishingizni tavsiya qilamiz. Biz ushbu sahifaga yangi maxfiylik siyosatiga oid qonun-qoidalarni e’lon qilish orqali sizni xabardor qilamiz.

Bu qonun qoidalar 2020 yilning 12- mart holatiga ko’ra, haqiqiy hisoblanadi.

Biz bilan bog’laning

Agar sizda maxfiylik siyosatiga oid birorta savol yoki taklif mavjud bo’lsa, bizga [email protected] electron manzili orqali bemalol yozishingiz mumkin.